17:38 / 03.11.2019
4 108

Qashqadaryo viloyatidagi «Gazel» va «Lasetti» to‘qnashuvi oqibatlari

Qashqadaryo viloyatidagi «Gazel» va «Lasetti» to‘qnashuvi oqibatlari
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2 noyabr kuni soat 11:50da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Qarshi katta halqa yo‘li»ning «Yettitom-Qarshi» 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 kilometrdagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashina to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida «Gaz-322132» rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va «Lasetti» rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqaro turli darajada tan jarohati olib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.

«Gaz-322132» rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo viloyatidagi «Gazel» va «Lasetti» to‘qnashuvi oqibatlari