12:34 / 04.11.2019
3 075

Giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi pishmay qoldi

Giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi pishmay qoldi
Bojxona organi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda Keles shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, qo‘shni davlat fuqarosi F.M. fuqaro A.X.ga namuna sifatida olib kelgan, paketchalarga joylangan marixuana giyohvandlik vositasini berayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro A.X.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi va ushbu shaxs o‘z yashash uyida yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida jami bo‘lib, 655,44 gramm marixuana va 1 tup nasha o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi pishmay qoldi