22:20 / 04.11.2019
3 709

Sergelida Lacetti haydovchisi 27 yoshli ayolni urib yubordi (video)

Sergelida Lacetti haydovchisi 27 yoshli ayolni urib yubordi (video)
Sergeli tumanida 1 noyabr, juma kuni Lacetti ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hodisa taxminan soat 11:00 da Sergeli tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 42 yoshli Dilshod X. piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 27 yoshli Saltanat S. tan jarohati olib, tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

YTH sababi aniqlashtirilmoqda. Hozirda tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida Lacetti haydovchisi 27 yoshli ayolni urib yubordi (video)