O‘zbekistonda oziq-ovqat do‘konlari va supermarketlarda qolipli non (buxanka) narxi yana ko‘tarildi. Bu “buxanka” narxining oxirgi 20 kun ichida ikkinchi marta oshishidir.
“Potrebitel” guruhi ishtirokchilarining xabar berishicha, endi “buxanka” 1,6 ming so‘mdan 1,9 ming so‘mgacha narxda sotilmoqda. Guruh ishtirokchilaridan birining ta’kidlashicha, Angrenda buxanka 1,7 ming so‘mdan sotilmoqda.
Kun.uz muxbirlari ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab joylarda “buxanka” narxi 100-200 so‘mga oshgan. Jumladan, ba’zi do‘konlarda buxanka 1,6 ming so‘mdan, bozorlarda esa 1,7 ming so‘mdan sotilmoqda.
“Buxanka” narxi oxirgi marta joriy yilning 15 oktyabrida oshgandi. O‘shanda u 1,3-1,5 ming so‘mdan sotila boshlangan. Bungacha esa buxanka narxi bir necha yil davomida 600-650 so‘m atrofida bo‘lib, 2018 yil sentyabrdagina oshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi