19:53 / 05.11.2019
2 858

O‘zbekiston va Qozog‘iston Senat raislari uchrashdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Senat raislari uchrashdi
Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisining taklifiga binoan 2019 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oliy Majlis Senati delegatsiyasi qo‘shni mamlakatga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

Nursulton xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi o‘rinbosari A. Shakirov, O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi S. Nizamxodjayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar.

Tashrif davomida “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolash rejalashtirilmoqda.

2019 yil 5 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda keng ko‘lamli masalalar muhokama etildi.

“2017-2019 yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiy hamkorligi strategiyasining izchil bajarilishi ikki mamlakat strategik manfaatlarining umumiyligiga asoslangan o‘zaro foydali va samarali hamkorlikni boyitishga xizmat qildi. O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 733 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2019 yil yanvar-sentyabr oylari davomida o‘zaro savdo hajmi 2,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi va 23,2 foizga oshdi, shuningdek transport va tranzit tashish sohasi sezilarli rivojlanmoqda”.

Parlamentlararo munosabatlar haqida so‘z borganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi ikki tomonlama hamkorlikni qonunchilik nuqtai nazaridan ta’minlash bo‘yicha birgalikda olib boriladigan bo‘lajak ishlar muhimligiga urg‘u berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Dariga Nazarbayeva o‘z nutqida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning muhim strategik hamkori ekanligini ta’kidladi. “Bugun Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda ildam rivojlanmoqda. Bunda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi N.A.Nazarboyev va O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev xizmati asosiy o‘rin tutadi”, – dedi Qozog‘iston Senati Raisi.

Qozog‘iston Respublikasi Senati Rahbari qayd etganidek, K.K.Tokayev Davlat rahbari sifatida o‘zining ikkinchi xorijiy tashrifini aynan O‘zbekistonga amalga oshirdi va bu munosabatlarni o‘zaro anglashuv hamda yaqin qo‘shnichilik ruhida mustahkamlashni davom ettirishga sodiqlikning yana bir isbotidir.

Uchrashuv doirasida “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qozog‘iston Senat raislari uchrashdi