23:20 / 06.11.2019
2 937

Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyasi taʼminotida uzilishi boʻlishi kutilmoqda

Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyasi taʼminotida uzilishi boʻlishi kutilmoqda
Soʻnggi kunlarda havo haroratining keskin pasayib ketishi hamda energiya isteʼmoli hajmining oshgani sababli, Toshkent viloyati energotizimi yaxlitligini saqlab qolish maqsadida, elektr energiyasida uzilishlar boʻladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatning Angren, Bekobod, Yangiyoʻl, Chirchiq shaharlari va Bekobod, Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Rejali oʻchirishlarning davomiyligi uzogʻi bilan ikki soat davom etadi, deyiladi hokimlik xabarida.
Elektr taʼminotidagi uzilishlar qaysi sanadan boshlanishiga aniqlik kiritilmagan.

Toshkent, Andijon va Xorazmning ayrim hududlarida 5—6-noyabr kunlari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyasi taʼminotida uzilishi boʻlishi kutilmoqda