11:30 / 07.11.2019
2 827

Toshkentning bir nechta koʻchasida 8-noyabrgacha ichimlik suvi oʻchiriladi

Toshkentning bir nechta koʻchasida 8-noyabrgacha ichimlik suvi oʻchiriladi
Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli va Ohangoron koʻchalari kesishmasidagi ichimlik suv tarmogʻida taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgani munosabati bilan joriy yilning 6-noyabr kuni soat 23:00 dan 8-noyabr kuni soat 06:00 ga qadar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim koʻchalarda vaqtincha ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar berilishicha, quyidagi koʻchalarda 8-noyabrga qadar ichimlik suvi boʻlmaydi:

- Parkent koʻchasi;

- Parkent 3-berk koʻchasi;

- Parkent 4-berk koʻchasi;

- Issiq suv koʻchasi;

- Issiq suv 1-tor koʻchasi;

- Qarnoq koʻchasi;

- Mirzo Ulugʻbek tumani DSENM binosi

Shahar hokimligi tomonidan maʼlum qilinishicha, “Suvsoz” DUK tomonidan ushbu manzillarga ichimlik suvini yetkazib berish choralari koʻriladi.

Shahar hokimligi aholidan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentning bir nechta koʻchasida 8-noyabrgacha ichimlik suvi oʻchiriladi