3 641
DXX raisi: “Jangarilar terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun vataniga qaytishga harakat qilmoqda...”
Bugun Toshkentda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda davlatlar xavfsizligi bilan bog‘liq bir qancha masalalar ko‘rilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Suriya va Iroq hududida jang qilgan jangarilar o‘z terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun vatanlariga qaytmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov yig‘ilishda aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi muvaffaqiyatli aksilterror kampaniyasi fonida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining boshqa «qaynoq» nuqtalarga, shu jumladan, Afg‘onistonga ko‘chishi qayd etilmoqda.
«Xalqaro terrorizm jangarilari terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun doimiy yashash joylariga qaytishga harakat qilmoqdalar», - dedi Azizov.
DXX raisining bildirishicha, bunda mehnat migratsiyasining ham o‘z o‘rni bor.
«Mehnat migratsiyasi omili mamlakatlarimiz fuqarolarining diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta’siriga tushib qolishlariga sharoit yaratmoqda», - dedi DXX rahbari.
MDH maxsus xizmatlarining rahbarlari yig‘ilish davomida xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar kontrabandasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlash, MDHda millatlararo va diniy adovat qo‘zg‘atilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, uchrashuv qatnashchilari Afg‘onistondagi vaziyatning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri nuqtai nazaridan muhokama qildilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi