08:13 / 08.11.2019
2 585

Aeroportda noqonuniy olib kelingan iPhone 11 telefonlarini yig‘ib olayotgan shaxs qo‘lga olindi

Aeroportda noqonuniy olib kelingan iPhone 11 telefonlarini yig‘ib olayotgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
«Toshkent» xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan iPhone 11 telefonlari va boshqa tovarlarning yashirin yo‘llar bilan olib kirish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. oldindan kuzatuvga olingan va avtoturargohdagi Spark mashinasi yonida noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan telefonlarni yig‘ib olayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs tekshirilganida, uning avtomashinasidan umumiy qiymati 140 million 500 ming so‘mlik 11 dona iPhone 11, 17 dona atir va elektron qo‘l soatlari mavjudligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aeroportda noqonuniy olib kelingan iPhone 11 telefonlarini yig‘ib olayotgan shaxs qo‘lga olindi