4 790
Buxoroda yog‘ zavodining sobiq rahbari jinoyatchilarga 500 ming dollar berib yubordi (video)
Buxoro viloyatida besh kishi yog‘ zavodining sobiq rahbarini «uxlatib» ketdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Buxoroda yashovchi shaxs Samarqandda istiqomat qiluvchi tanishiga murojaat qilgan. Ulardan biri o‘z vaqtida ichki ishlar organlari tizimida ishlagan. Ular maxsus reja tuzishgan va yog‘ zavodining sobiq rahbarini katta pulga aldab ketishga qaror qilishgan», - dedi Toshkent viloyati prokuraturasining katta tergovchisi Sanjar Safarov.
2018 yil 13 aprel kuni yog‘ zavodi sobiq rahbarining uyiga besh kishidan iborat jinoiy to‘da kelgan va ishtirokchilardan biri o‘zini maxsus xizmatlar xodimi, deb tanishtirgan.
«Jinoyatchilar o‘zlarini maxsus xizmatlar xodimlari sifatida tanishtirib, fuqaroga tahdid qila boshlashgan. Ular uni Toshkentga olib borib, «podval»ga joylashtirishlarini aytishadi. Shundan so‘ng, erkaklar yog‘ zavodi sobiq rahbaridan ishni yopish uchun 1 million dollar so‘raganlar», - deya ta’kidlab o‘tdi tergovchi.
Shu bilan birga, jabrlanuvchi bunday puli yo‘qligini aytgan. Keyin jinoyatchilar 500 ming dollar talab qilishgan. Jinoyatchilar kerakli miqdordagi pulni olgach, voqea joyidan yashirinishgan.
Voqeadan keyin jabrlanuvchi darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Jinoiy to‘da a’zolaridan ikki nafari IIB xodimlari tomonidan O‘zbekiston hududida ushlandi. Uch shaxs Qozonga qochgan, ammo Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlandi va O‘zbekistonga topshirildi.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, jinoiy guruhning barcha a’zolariga turli xil jazo muddatlari berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi