15:30 / 09.11.2019
3 449

Avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanligi oshiriladi

Avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanligi oshiriladi
Oʻzbekistonda qator avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanligi oshiriladi. Bu haqda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasida aytilgan.

Hujjatga koʻra, avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanligini oshirish, harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarini oldini olish moʻljallanmoqda.

Bunda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 581-698 km, 964-1204 km.lari oraligʻini rekonstruksiya qilish;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahriga koʻp sonli chet ellik turistlarni jalb etish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 1135-1145 km.lari oraligʻida (“Taxtaqoracha” dovonidan oʻtgan qismida) avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish, yoʻlni kengaytirish, 4 tasmali qatnov qismiga oʻtkazish va yoʻlning oʻrtasiga qarama-qarshi harakat yoʻnalishlarini ajratuvchi beton toʻsiqlar oʻrnatish;

Toshkent viloyati hududida “Afrosiyob” tezyurar elektr poyezdi harakatlanadigan temir yoʻl kesishmalarida tirbandliklar va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida avtomobil yoʻli bilan bir sathda kesishgan Zangiota tumani hududidagi 3384, Yangiyoʻl tumani hududidagi 3397 va Chinoz tumani hududidagi 3409-temir yoʻl kesishmalarida yoʻl oʻtkazgichlar qurish;

Samarqand viloyati hududida M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 80 km.da yoʻlni 4R243 avtomobil yoʻli bilan kesishgan chorrahasida yoʻl oʻtkazgich qurish;

Andijon viloyati hududidan oʻtgan A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 405-450 km.lari oraligʻida harakatni ikki tomonga ajratuvchi beton toʻsiqlar (BDO-5) oʻrnatish. Ushbu avtomobil yoʻlining aholi yashash joylaridan oʻtgan 427-429 va 441-450 km.lari oraligʻida trotuar qurish hamda avtomobil yoʻlining 405-427 va 430-450 km.lari oraligʻini tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash;

Fargʻona viloyatining Rishton tumanidagi mahalliy ahamiyatga ega 4K871 “Dutir-Mehnatobod” avtomobil yoʻlining 3-10 km.lari, Bagʻdod tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega 4K869b “Furqat temir yoʻl bekatiga” avtomobil yoʻlining 0-7 km.lari, Oʻzbekiston tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega 4N902 “Qumbosti-Qoʻqon suv ombori” avtomobil yoʻlining 0-12 km.lari, mahalliy ahamiyatdagi 4K895 “Yaypan-Oʻqchi-Shoyimbek” avtomobil yoʻlining 34-38 km.lari, Buvayda tumani hududidagi 4K882 “Beshterak-Arab” avtomobil yoʻlining 2-9 km.lari, mahalliy ahamiyatdagi 4K912 “Buvayda shimoliy Bagʻdod kanali” avtomobil yoʻlining 0-5 km.lari oraligʻini toʻla taʼmirlash;

Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtgan davlat ahamiyatidagi 4R105 “Darband q.-Boysun sh.- Elbayon q.” avtomobil yoʻlining 70-89 km.lari, Jarqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtgan davlat ahamiyatidagi 4R100 “Manguzar q.-Jarqoʻrgʻon sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yoʻlining 22-54 km.lari oraligʻidagi avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻla taʼmirlash;

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududidan oʻtgan davlat ahamiyatiga ega 4R63 “Kogon-Qiziltepa-Toshrabod-Yangiqoʻrgʻon” avtomobil yoʻlining 20-45 km.lari oraligʻida yoʻlning qatnov qismini toʻla taʼmirlash, yoʻlning ushbu qismidagi xavfli hududlarga 1-guruh muhofazalovchi beton toʻsiqlar (BDO-3) oʻrnatish;

Jizzax viloyati hududidan oʻtgan davlat ahamiyatiga ega 4R35 “Jizzax sh.-Paxtakor sh.-Doʻstlik sh.-Gagarin sh.” avtomobil yoʻlining 0-7 km.lari oraligʻini 2-toifadan 1-toifaga oʻtkazish, yaʼni yoʻlni 9 metrdan 18,1 metrga kengaytirish va 23-31 km.lari oraligʻiga qarama-qarshi harakat yoʻnalishlarini ajratuvchi beton toʻsiqlar (BDO-5) oʻrnatish;

Xorazm viloyatidagi hozirgi kunda foydalanishda boʻlgan 30 ta svetoforlarni (22 tasi shaharlarda, 8 tasi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida) yangi turdagi yorugʻdiodli svetoforlarga almashtirish;

Sirdaryo viloyati hududida M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 72 km.da va A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 13 km.dagi “Shodlik” suv isteʼmolchilari uyushmasiga qarashli boʻsh yer maydonida hamda Andijon viloyati hududida A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 403 hamda 407 km.larida avtomashinalarni toʻxtashi va haydovchilarni dam olishlari uchun avtoturargohga ega boʻlgan qisqa muddatli dam olish maskanlarini (kemping) tashkil etish.

Bu boradagi ishlab davlat dasturlari asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Masʼul ijrochilar - Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanligi oshiriladi