3 237
2020-yil 1-yanvardan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun toʻlovlar tizimi oʻzgaradi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuni uchun isitilayotgan 1 kvadrat metr hisobidan kelib chiqib toʻlash tizimiga oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik taʼminoti korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va issiqlik energiyasi tannarxini pasaytirish hisobiga ular tomonidan koʻrsatadigan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish hisobga olinadi.
Qaror loyihasida taʼkidlanishicha, aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suv uchun pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida kelib chiqadigan zararlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.
Eslatib oʻtamiz, hujjat loyihasi oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi