15:29 / 09.11.2019
4 275

Qashqadaryoda bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi
Foto: Tergov departamenti
Qarshi shahrida IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bir guruh bosqinchilar jinoyat ustida qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yilning 7 noyabr kuni taxminan soat 02:00da 41 yoshli G.T.ning jabrlanuvchi haqida bergan ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli I.D. jinoiy sheriklari 20 yoshli J.S., 20 yoshli Sh.O., 21 yoshli F.T., 34 yoshli O.S. va 35 yoshli S.X. yuzlariga niqob kiyib, temir truba va pichoq hamda skotch yordamida, Qarshi shahar Aralovul MFYda yashovchi 63 yoshli fuqaro M.A.ning uyiga bosqinchilik sodir etish maqsadida g‘ayriqonuniy ravishda kirib, jinoyatni sodir etayotgan vaqtlarida Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida ushlangan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida ushlangan shaxslardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 7 noyabr kuni Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat sodir etishda ishtirok etgan barcha shaxslarga ayblov e’lon qilinib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi