21:25 / 09.11.2019
2 892

Bozorlar atrofiga noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillarni evakuator olib ketishni boshladi

Bozorlar atrofiga noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillarni evakuator olib ketishni boshladi
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB YHXB YHX xodimlari «Toshkent savdo markazi», «Bekto‘pi» va «Chilonzor» buyum bozorlari yoniga noto‘g‘ri qo‘yib ketilgan avtomobillarni evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

«Toshkent shahar aholisi va mehmonlaridan bozorlar oldidagi avtoturargohlarga va yo‘l bo‘yiga mashinalar noto‘g‘i qo‘yib ketilayotgani to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillar boshqa transport vositalarining harakatiga xalaqit beradi, tirbandliklar keltirib chiqaradi va buning oqibatida YTHlar sodir bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Shu sabab YPX xodimlari o‘rnatilgan tartibga zid ravishda tashlab ketilgan avtomobillarni evakuator orqali jarima maydonchasiga eltishni boshladi.

7 noyabr kuni «Chilonzor» buyum bozori («Ippodrom»), «Toshkent savdo markazi» («Abu Saxiy») hamda «Bekto‘pi» bozori hududidagi 13 ta avtomobil evakuator orqali jarima maydonchasiga olib borilgan. Ushbu avtomobil egalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik fakti bo‘yicha dalolatnomalar tuzilgan.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 apreldagi «Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani va unga ko‘ra endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yo‘ldan olib tashlanishi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlar atrofiga noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillarni evakuator olib ketishni boshladi