15:26 / 11.11.2019
3 144

Noqonuniy harakatning bahosi 147 mln. so‘m bo‘ldi

Noqonuniy harakatning bahosi 147 mln. so‘m bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning oktyabr oyida Chilonzor tuman Muqimiy ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli qurilish korxonasi binosida energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarishdan foydalanish holati yuzasidan monitoring tekshiruvi o‘tkazildi.

Mazkur qurilish binosida tuman elektr tarmog‘i bilan shartnoma tuzmasdan noqonuniy ravishda elektr energiyasi tarmog‘iga elektr hisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, elektr energiyasidan foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.
Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasining 42DI-3-29/4409-sonli 16.10.2019 yil kunidagi xatiga asosan jamiyatga qarashli qurilish binosi tomonidan yetkazilgan zarar 147 mln. 825 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy harakatning bahosi 147 mln. so‘m bo‘ldi