Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi O‘zbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat.
So‘m O‘zbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
So‘mning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.
So‘m va oltin o‘rtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar o‘rtasida nisbat belgilanmaydi.
Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va bo‘yoqlarning saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yo‘q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!