11:29 / 13.11.2019
2 392

“Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi

“Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi
Sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarni mamlakatimizga yashirincha, tegishli xujjatlarsiz olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro A.N. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 2538 dona turli tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi