18:40 / 13.11.2019
5 371

Endilikda YPX xodimlari haydovchilarni asossiz to‘xtatmaydi (video)

Endilikda YPX xodimlari haydovchilarni asossiz to‘xtatmaydi (video)
Agar xodimning qo‘lida dislokatsiyasi bo‘lmasa, u sizga ma’muriy bayonnoma tuzishga xaqi yo‘q va tuzgan bayonnomasi yuridik kuchga ega emas. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Akmal Yunusov shunday ma’lumot berdi:

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomda hozirgi kunda fuqarolar va YPX inspektorlari o‘rtasida ko‘p hollarda sodir bo‘layotgan muammoli vaziyatlar va mavhum masalalarga oydinlik kiritildi. Birinchi o‘rinda YPX inspektorlarining haydovchilarni to‘xtatish tartibi aniq qilib, belgilab berildi.

Undan tashqari, YPX inspektorlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlaridagi xuquqiy majburiyatlari ham belgilandi. Bularning hammasi kelajakda YPX inspektorlari va haydovchilar orasidagi salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu qaror loyihasini ishlab chiqish jarayonida rivojlangan davlatlarning ish tajribasi, qolaversa, o‘zimizning fuqarolardan tushayotgan ariza, shikoyat, murojaatlar tahlil qilinib, o‘rganildi va shular asosida ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritildi.

Qarordagi eng muhim jihatlardan biri shuki, YPX xodimining o‘z xizmatini yashirin usulda olib borishi taqiqlanadi. Bu uning daraxt ortida yoki boshqa yashirin nuqtalarda ish yuritishining oldini oladi. Shuningdek, qaror asosida tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, transport vositasi to‘xtatilganda haydovchi YPX xodimidan uning dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligini tasdiqlovchi hujjat ko‘chirmasi bilan tanishish huquqiga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endilikda YPX xodimlari haydovchilarni asossiz to‘xtatmaydi (video)