13:47 / 14.11.2019
4 050

Oʻzbekistonlik tarixchi-publitsist “Lukoyl” rahbariga ochiq xat yoʻlladi


Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda “Lukoyl” kompaniyasi xodimi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi korxona ishchilarini haqorat qilgani aks etgan videolavha tarqalgan edi. Undagi tasvirlarga koʻra, amaldor xodimlarning ish jarayonidagi kamchiliklari uchun tanqid qilgan, bir qator haqoratomuz soʻzlar bilan birga mahalliy ishchilarga nisbatan “qoʻy podasi”, “qishlogʻingizga keting” singari singari soʻzlarni ham ishlatgan.

Bugun taniqli tarixchi va publitsist Shuhrat Salomov (Barlos) Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperovga ochiq xat yoʻlladi. Unda mazkur kompaniyaning, xususan, uning rahbari V.Alekperovning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasiga yuqori baho berilgan.

Shu bilan birga Shuhrat Salomov kompaniya xodimi I.Shilov Oʻzbekistonda ishlayotgan mahalliy xodimlarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgani, garchi uning ustidan shikoyat qilingan boʻlsa-da, hech qanday amaliy chora koʻrilmagani, kompaniya vakili bu harakatlari uchun ommaviy tarzda uzr soʻrashi lozimligini qayd etgan. Shuningdek u murojaat yakunida “Lukoyl” rahbaridan oʻzbek xalqiga nisbatan behurmatlik qiladigan xodimlarni yurtimizga yubormaslikni soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, “Lukoyl” Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan eng yirik xorijiy kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ayni paytda kompaniya vakillari Qandim gazni qayta ishlash majmuasi, Shodi-Havzak, janubi-gʻarbiy Hisor hududlarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirb kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonlik tarixchi-publitsist “Lukoyl” rahbariga ochiq xat yoʻlladi