21:59 / 15.11.2019
2 663

MIB: O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida Memorandum imzolandi

MIB: O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida Memorandum imzolandi
Joriy yilning 15 noyabr kuni O‘zbekistonning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasining Oliy sudi huzuridagi Sud departamenti (keyingi matnlarda – Qirg‘iz Respublikasi Sud departamenti) direktori K.M.Kapalov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Qirg‘iz Respublikasi Sud departamenti o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek ikki davlatning majburiy ijro xizmatlari o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlar va istiqboldagi rejalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, bu ikki mamlakatlarning tarixiy uzviy bog‘liqligini hamda o‘zaro iqtisodiy va siyosiy jihatdan almashinish o‘sib borayotganligini hisobga olganda, Qirg‘iz Respublikasi va O‘zbekiston manfaatlariga javob beradigan ikki idoralar o‘rtasidagi foydali hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Tashrif doirasida, Bosh prokuraturada Qirg‘iz Respublikasi Sud departamenti va Byuro rahbarlari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.
Qirg‘iz Respublikasi Sud departamenti va Byuro o‘rtasida kelgusida ikki tomonlama anglashuv va hamkorlik qilishning huquqiy asosi hisoblanuvchi Memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutuvchi, ma’lumot va tajriba almashish, hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazib borish, shuningdek sud qarorlarining majburiy ijro qilish masalalari yuzasidan bevosita maslahatlashuvlarni o‘rnatish nazarda tutilgan.

Bosh prokuraturada Majburiy ijro byurosi faoliyati va O‘zbekiston Respublikasidagi sud va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi etish tizimiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining majburiy ijro tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, Qirg‘iz Respublikasi Sud departamenti delegatsiyasi Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurdi. Akademiyada ikki davlatning vakillari o‘rtasida “O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikacida majburiy ijro tizimi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi Majburiy ijro byurosi markaziy mahkamasiga ham tashrif buyurib, qisqacha Byuro faoliyati bilan tanishdi.

Mehmon delegatsiyasida, MIB faoliyatiga tatbiq etib kelinayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalar, boshqa idoralari bilan axborot almashinuvi, ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi, elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish mexanizmlari va yaratilayotgan boshqa yangiliklar alohida qiziqish tug‘dirdi.

Shu bois, Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respukblikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi
“Ye-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markaziga tashrif buyurdi. Qirg‘iz Respublikasi a’zolari Byuro tomonidan oxirgi yillarda majburiy ijro sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilayotgan natijalarni yuksak baholadi.

Kelgusida ikki tomonlama munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali hamkorlik qilish, shunindek, xorij davlatlari hududidagi qarzdorlar hamda ularning mol-mulklarini va daromad manbalarini qidirib topish masalalari bo‘yicha istiqbolli ishlarni amalga oshirishni belgilab olishdi.

Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida Memorandum imzolandi