11:07 / 16.11.2019
5 738

Toshkentlik qiz to‘yidan 2 hafta o‘tgach erini chavaqladi

Toshkentlik qiz to‘yidan 2 hafta o‘tgach erini chavaqladi
Toshkentda hamshira bo‘lib ishlagan 20 yoshli ayol erining joniga qasd qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi yozmoqda (14 noyabr).
Ismi oshkor etilmagan toshkentlik qiz 2019 yilning 22 aprelida qashqadaryolik yigitga turmushga chiqqan. To‘ydan ikki hafta o‘tgach, ikki yosh Toshkentga qaytib kelgan.

9 may kuni esa ayolning eri o‘z uyida 8 ta joyidan pichoqlangan holda topilgan.
Ayolning tergov jarayonida ma’lum qilishicha, eri unga jinsiy qiynoq va tazyiq qilgani bois o‘zini himoya qilish maqsadida erini o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi qotillikda aybdor deb topilgan ayolga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan.

Marhumning otasi Aktam Abdurahmonovga ko‘ra, ekspertiza jarayonida ayolda zo‘rlash alomatlari aniqlanmagani va kelini oila qurganidan keyin ham B. ismli yigit bilan telefonlashib yurganiga e’tibor qaratgan.

Advokat Xurshida Hasanjonova esa kelinning qotillikni yakka o‘zi sodir etganini shubhali, deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentlik qiz to‘yidan 2 hafta o‘tgach erini chavaqladi