11:56 / 16.11.2019
2 380

Markaziy saylov komissiyasida Adliya vazirining axboroti eshitildi

Markaziy saylov komissiyasida Adliya vazirining axboroti eshitildi
Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 15 noyabrda bo‘lib o‘tgan majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan joriy yilning 20 oktyabr – 20 noyabr kunlari saylov targ‘iboti oyligi deb e’lon qilindi.

Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi hamda ushbu dastur asosida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Vazirlik tomonidan 450 dan ortiq adliya xodimlari saylov qonunchiligini targ‘ib etish va aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish ishlariga safarbar etilgan.

Ular maxsus o‘qitilib, saylov targ‘ibotiga tayyorlandi, har biri o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan holda bu jarayonda ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, Biz davlat idoralari va tashkilotlarida xodimlarga saylov qonunchiligi bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilindi.
Aholi orasida saylov qonunchiligi targ‘iboti “respublika – viloyat – tuman – mahalla – xonadon” prinsipi asosida tashkil etib, 6 000 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarning 1 166 tasi mehnat jamoalarida, 2 210 tasi mahallalarda, 680 tasi ta’lim muassasalari hamda 726 tasi boshqa manzillarda tashkil etildi. Shuningdek, 164 marotaba televideniyeda, 187 marotaba radioda, 930 marotaba gazeta, jurnal, sayt va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilindi.

Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarni aholiga tuguntirish maqsadadi jamoat joylarida tuman adliya bo‘limlari tomonidan “Saylov huquqshunosi” burchaklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, “Saylov huquqshunosi” nomli o‘nlab fleshmob aksiyalari o‘tkazildi.
Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda OAV va jurnalistlar uchun “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” mavzusida matbuot anjumanlari o‘tkazildi. Bu anjumanlar nafaqat poytaxtda, balki barcha hududlarda tashkil qilindi.

Shu bilan birga, adliya organlari tomonidan aholi o‘rtasida saylov qonunchiligi bo‘yicha blits-so‘rovlar o‘tkazildi. Unda fuqarolar o‘zlarining tushunchalaridan kelib chiqib, sodda va tushunarli javob beradilar. Bu esa o‘z navbatida saylov targ‘ibotining xalqchilligini ta’minlab, odamlarga o‘zlari tushunadigan tilda yetkazishga xizmat qildi.

Bundan tashqari, “Huquqiy axborot” telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlarda maxsus #Saylov_2019 heshtegi bilan saylovga oid o‘nlab ma’lumotlar va infografikalar e’lon qilindi. Adliya vaziri o‘z nutqida, saylovlarning tartibli va qonun talablariga binoan o‘tishini ta’minlash borasida qo‘yilgan qator vazifalar haqida ham to‘xtaldi.

Xususan, fuqarolarga saylov huquqlarini tushuntirishda tuman adliya bo‘limlari har bir mahalla, xonadonga kirib borib, manzilli targ‘ibotni amalga oshirishadi. Shu bilan birga, vazirilkning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va “Huquqiy axborot” telegram kanali orqali “Saylov alifbosi” rukni tashkil etilib, saylovga oid tushunchalar izohini sodda, lo‘nda va tushunarli tarzda har kuni berib boriladi.

Saylov qonun hujjatlari normalarini to‘g‘ri qo‘llanilishi monitoring qilishda Markaziy saylov komissiyasiga yordam berish.
Asosiy maqsad oldimizda turgan saylovlar har tomonlama yangi, shaffof va haqqoniy o‘tib, saylov qonunchiligiga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdir, dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy saylov komissiyasida Adliya vazirining axboroti eshitildi