Qisqa tanaffusdan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yana jamoatchilik e’tibori markaziga qaytgan ko‘rinadi.
Ijtimoiy tarmoqda ovoz uniki ekani iddao qilinayotgan shaxsning audiosi tarqalgani aytilmoqda. Unda amaldor va tadbirkor o‘rtasidagi qisqa suhbat, qandaydir loyihani rad etilishi va (tadbirkorning) zaldan haydab yuborilishi, shuningdek, «o‘rtoq polkovnik»ka uning soqoli va sochini yaxshilab qirdirish buyurilganini ilg‘ash mumkin deb yozadi "Xabar" nashri.
Amaldor: «Sherzod» fermer xo‘jaligi…. Ipotekabank. Soqolini qaranglar! Taniysizmi, bu kishini? Fermer xo‘jaligining boshlig‘imisiz?»
Tadbirkor: «Ish yurituvchisiman. Xo‘jayin Toshkentda edi.»
Amaldor: «Iltimos qilsa, kelaverdingizmi o‘rniga?»
Tadbirkor: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q.»
Amaldor: «O‘chir bu loyihani! Tushuntirishingga ham, boshqanggayam, xo‘jayinggayam salom aytib qo‘y. Bor, zaldan chiq, bor.» So‘ng: «O‘rtoq Qobulov, soqoliniyam, sochiniyam yaltillatib, qirdirib oling. Qarang, soqolini ham, sochini ham anaqa qiling. Xo‘pmi, davay, bo‘ling!»
Farg‘ona viloyati hokimi matbuot kotibi Muhammadjon Obidov ovoz egasi Sh. G‘aniyev ekanini inkor etmabdi. Biroq holatni tahqir emas, shunchaki «tanbeh» sifatida talqin qiladi. Ajab, go‘zal iltifot-u shirin lutfsiz gapirilmaydigan Farg‘onada tadbirkorning bu tarzda yig‘ilishdan haydab solinishi shunchaki «tanbeh» bo‘lsa, «tahqir» qanday bo‘larkin?! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi