3 991
Uyi «snos»ga tushgan samarqandlik ayol: «Hokimga ham, uch bolamga ham o‘t qo‘yib yuboraman» (video)
Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi Katta Chopar ko‘chasida bir guruh fuqarolarning uyi «snos»ga tushdi. MY5 telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi muxbirlari uyi buzilishi haqida ogohlantirish olgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.
«O‘t qo‘yaman, hokimigayam, uchta bolamgayam, boshqa choram yo‘q. Uyim buzilsa men ko‘chada qolaman. 5 yil Turkiyaga borib ishlab kelib, bu uyni pulga sotib olganman. Uyga hujjat qilgandim, hujjatni ham noqonuniy deyishyapti. Yemay ichmay qilganman bu hujjatni», — deydi shu ko‘chada yashovchi ayollardan biri.
Yana bir fuqaroning aytishicha, uning o‘g‘illari uy qurish uchun 10 yil Rossiyada ishlagan. «400 million so‘m ketdi shu uyni qurishga», deydi u.
Payariq tumani hokimligi fuqarolarning uylari noqonuniy yerga qurib olinganini ta’kidlamoqda.
«Snos»ga tushgan uylarning ba’zilarida kadastr hujjati qilingan, ba’zilarida esa yo‘q. Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov «snos» masalasi bo‘yicha aholiga izoh berdi.
«Agar noqonuniy qaror chiqarib bergan bo‘lsam men ham tayyorman javob berishga. Sud qarori bilan xulosa qilinadi. Fuqarolarga xuddi o‘zlarining uylari kabi uy qurib beriladi, shundan so‘ng buziladi», – deydi hokim.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?