21:13 / 17.11.2019
4 912

Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi (foto)

Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi (foto)
Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 11:40 da «Qamchiq» navbatchilik maskani navbatchi dispetcheriga, Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan, R. Sh. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk mashinasi A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 248 kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelgan.

Buning oqibatida Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketib mashina haydovchisi va yo‘lovchisiga o‘rta darajadagi tan jarohati yetgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Mazkur murojaat yuzasidan, voqea joyiga «Rezak» navbatchilik maskani guruh komandiri katta serjant A.Ergashev boshchiligida qutqaruv guruhi tezkorlik bilan yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan Isuzu yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi mashina ichidan chiqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, jabrlanganlar Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi (foto)