14:14 / 21.11.2019
3 279

Tuz antibiotik oʻrnini bosadimi?

Tuz antibiotik oʻrnini bosadimi?
Foto: “Biz.liga.net”
Oddiy osh tuzi bemalol antibiotik oʻrnini bosishi mumkin, degan xulosaga keldi Garvard universiteti (AQSH) olimlari. Bu haqda “Rambler”ga asoslanib “Xabar” nashri maʼlum qiladi.

Buning uchun mutaxassislar sichqonlar ustida tajriba oʻtkazishdi. Ular kemiruvchilarni ikki guruhga ajratishdi: biriga tuzsiz, ikkinchisiga tuzli ozuqa berishdi. Buni qarangki, ikkinchi guruhdagilar kasalliklarga qarshi yaxshiroq kurashgan.

Olimlarning fikricha, organizm himoya kuchlari qadimdan tuz yordamida shakllanib kelgan. Oʻtmishda odamlar tibbiy preparatlardan foydalanishmagan. Immuniteti esa yalligʻlanuvchi jarayonlarga qarshi mustaqil kurashib kelgan. Odam organizmi tuz tufayli viruslarga qarshi kurashishni oʻrganib olgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

Gap shundaki, nordon muhit zararli mikroblar uchun noqulay sanaladi. Tuz tarkibidagi natriy xlorid ham ularga xuddi shunday taʼsir oʻtkazadi.

Shunga qaramay, olimlar tuzni meʼyorda isteʼmol qilishni tavsiya etishadi. Chunki tuzni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish qon tomirlarga zarar yetkazib, yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tuz antibiotik oʻrnini bosadimi?