23:23 / 21.11.2019
5 560

Namanganda ikkita osmono‘par bino qurish rejalashtirilmoqda (foto)

Namanganda ikkita osmono‘par bino qurish rejalashtirilmoqda (foto)
Namanganda 18 gektar maydonda Namangan Square «aqlli shahar» qurish rejalashtirilmoqda. 20 noyabr kuni Toshkentda MJ Developers qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga start berildi, deya xabar qildi Namangan Square matbuot xizmati.

Taxminan 325 ming kvadrat metr ish joylari, turar joylari va chakana savdo maydonchalarini joylashtirish mo‘ljallanmoqda. Ular qatorida — Farg‘ona vodiysida ilk osmono‘par bino bo‘lishi kutilayotgan ikkita inshoot ham o‘rin olgan.

10 gektardan ortiq park maydonida esa noyob landshaft dizayn bilan qurish rejalashtirilgan bo‘lib, u zamonaviy yechimlarni Namangan bog‘dorchiligining qadimiy an’analari bilan uyg‘unlashtiradi.

Loyiha yugurish va velosiped yo‘llaridan tashqari, vorkaut va skeyting uchun to‘laqonlimaydonlarni, shuningdek basketbol, tennis, futsal va golf mashqlari uchun maydonlarni taqdim etadi. Majmuada, kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ilg‘or «yashil» texnologiyalardan foydalanadi.

Kompaniya 2021 yilda Namangan Square hududida 10 ming kishining istiqomat qilishini hisob-kitob qilmoqda.
Namangan Square hindistonlik taniqli arxitektor Hafiz Kontraktor tomonidan loyihalashtirilgan.

MJ Developers saytida qayd etilishicha, kompaniya O‘zbekistonda yana ikkita loyihani amalga oshirmoqda. Ular Buxoroda 4 yulduzli mehmonxona va Toshkentda ko‘chmas mulk ob’ektlaridir. Ular Hindistonning Minerva World of Knowledge kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ikkita osmono‘par bino qurish rejalashtirilmoqda (foto)