15:15 / 22.11.2019
2 667

Korxona foydasiga 122 mln. soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi

Korxona foydasiga 122 mln. soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosi Piskent tuman boʻlimi tomonidan Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “A1 Mir Zafar” MCHJdan, undiruvchi “Real Lyuks Servis” MCHJ foydasiga 122 mln. 162 ming soʻm karz undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha Majburiy ijro harakatlari olib borilib, banklardagi barcha hisob raqamlari xatlanib, ularga band solingan. Tegishli tashkilot, muassasa va korxonalarga soʻrovnomalar yuborilib, ushbu jamiyatning mulkiy ahvoli oʻrganilgan.

Majburiy ijro harakatlari natijasiga koʻra “A1 Mir Zafar” MCHJ hisobidan, 122 mln. 162 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari “Real Lyuks Servis” MCHJ foydasiga toʻlik undirilib, amalda ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxona foydasiga 122 mln. soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi