Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda ijtimoiy sugʻurta tizimini isloh qilish, shuningdek, uch darajali pensiya taʼminoti tizimiga oʻtish orqali pensiya badalini toʻlashdan manfaatdorlikni oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Bunda, birinchi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi.
Ikkinchi darajada xodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaxsiy hisob-varagʻida toʻplanadi va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan foiz hisoblab boriladi.
Uchinchi darajada xodim pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻ miqdorini oʻzi belgilaydi.
Bu tizim qoʻllanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini olish bilan birga oʻz xohishiga qarab, pensiya yoshida qancha pensiya olishini oʻzi belgilash imkoniga ega boʻladi.
Shu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta turlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?