18:00 / 23.11.2019
2 757

Neksiyadagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi

Neksiyadagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirin yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kirilishi o‘z navbatida, aholi salomatligiga jiddiy xavf soladi. Shu bois, bu kabi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqaro M.O‘. boshqaruvidagi Neksiya belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 30 xil turdagi umumiy qiymati 82,1 million so‘mlik dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Neksiyadagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi