18:42 / 23.11.2019
2 557

Yirik miqdordagi cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Yirik miqdordagi cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktyabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga ko‘ra, elektr cho‘g‘lanma lampalarni 2016 yil 1 iyuldan erkin muomalaga chiqarish va 2017 yil 1 yanvardan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi taqiqlangan bo‘lsada, mamlakatimizga cho‘g‘lanma lampochkalarni yashirincha olib kirishga urinish holatlari hali hanuz uchramoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, fuqaro M.N. boshqaruvidagi “Hyundai porter II” rusumli avtoulovi to‘xtatilib, belgilangan tartibda bojxon ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 47,4 million so‘mlik 11 620 dona elektr cho‘g‘lanma lampalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yirik miqdordagi cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi