16:37 / 26.11.2019
2 831

O‘zbekistonda mahsulotlarni markirovkalash bilan Alisher Usmonovga aloqador kompaniya shug‘ullanadi

O‘zbekistonda mahsulotlarni markirovkalash bilan Alisher Usmonovga aloqador kompaniya shug‘ullanadi
Foto: ESPN
O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilishi belgilangan edi.

23 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi «Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi va Rossiyanining «Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi» MChJ («Sentr razvitiya perspektivnix texnologiy») o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumda O‘zbekistodagi ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va ularni kuzatish imkoniyatini ta’minlash tizimini joriy etish loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi 2019 yil dekabrdan boshlanadi va faqat ikki turdagi — sigaretlar va alkogol mahsulotlarga nisbatan joriy etiladi.

Tajriba loyihasi operatori sifatida «Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi» asos solgan CRPT Turon kompaniyasi tayinlangan.

Operator deganda CRPT Turon’ning ishlab chiqaruvchi va administrator sifatida tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish uchun axborot tizimini ishlab chiqishi, joriy etishi va ta’minlashi, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining yagona axborot-resurs markaziga axborot tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarni o‘rnatib, ishga tushirishi tushuniladi.

Spot’ning yozishicha,CRPT Turon kompaniyasini yaratgan Rossiyaning «Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi» MChJning 50 foizi Alisher Usmonovning USM Holdings xoldingiga, 25 foizi «Rostex» davlat korporatsiyasiga, qolgan 25 foizi Almaz Capital’ning boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galitskiyga tegishli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda mahsulotlarni markirovkalash bilan Alisher Usmonovga aloqador kompaniya shug‘ullanadi