18:36 / 26.11.2019
4 344

O‘zbekistonda imtiyozli kreditlar bekor qilinishi mumkin

O‘zbekistonda imtiyozli kreditlar bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov mavzu yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Kelasi yil iqtisodga ajratadigan kreditlarni YaIM nominal o‘sish darajasida bo‘lishini mo‘ljallamoqdamiz.

Imtiyozli kreditlar tartibi o‘zgaradi. Bunga qadar jurnalistlar aynan shu tizimni ko‘p bora tanqid qilgan edilar. Mana, o‘sha kunlarga yetib keldik, imtiyozli kreditlar tartibga solinadi.

2020 yildan boshlab YaIMdan past darajada kredit berish tartibi bekor qilinadi. Foiz stavkasi 16 foiz bo‘lishi kelishib olindi. 2020 yildan boshlab barcha iqtisodga ajratilayotgan kreditlar bozor talablaridan kelib chiqib beriladi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi kreditlarga esa manzilli asosda, dotatsiya sifatida mablag‘ ajratishga erishamiz. Bu orqali pul bozoridagi holatimizni bozor prinsiplari asosida tashkil qilishga erishamiz.

Imtiyozli kreditlar har doim kreditga bo‘lgan talabni noreal tarzda o‘sishiga olib kelgan. Bu orqali biz mana shu o‘sishni pasaytirib, samarali foydalanish imkoniga erishmoqchimiz. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, kelasi yildan e’tiboran iqtisodiy samarador bo‘lgan loyihalar muntazam moliyalashtirib boriladi», — deb aytib o‘tdi Markaziy bank boshqaruvi raisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda imtiyozli kreditlar bekor qilinishi mumkin