14:50 / 27.11.2019
2 429

Yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Moʻmay daromad ortidan quvish insonni jinoyat koʻchasiga yetaklaydi. Shu oʻrinda har qanday qonunbuzarlik uchun jazo muqarrarligini anglab yetish muhim ahamiyatga ega.

Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelayotgan fuqaro O.Sh. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda inspeksion koʻrik vositasi yordamida koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, jami 646,5 million soʻmlik 31 turdagi tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi