17:47 / 27.11.2019
3 554

Buxoroda 9-sinf o‘quvchisini urgan IIB xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

Buxoroda 9-sinf o‘quvchisini urgan IIB xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Organ xodimlari meni urdi va jinoyatni bo‘ynimga olishimni talab qildi” nomli xabar e’lon qilingan edi. Ushbu holat bo‘yicha Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Organ xodimlari meni urdi va jinoyatni bo‘ynimga olishimni talab qildi” nomli maqola o‘rganilmoqda.

Unga ko‘ra, 2019 yil 12 noyabr kuni G‘ijduvon tumani “Sho‘rcha” MFY “Sho‘rcha” qishlog‘ida yashovchi M.Fozilova tuman prokuraturasiga kelib, shu kuni soat 11:30 larda voyaga yetmagan o‘g‘li F.Toshpo‘latovni 31-sonli umumta’lim maktabida tanaffus vaqtida o‘zini G‘ijduvon tuman IIB xodimi deb tanishtirgan “Murod” va “Laziz” ismli shaxslar maktab direktori xonasidan olib ketgan. Ayolning o‘g‘lidan suv nasosi va tikuv mashinasini o‘g‘irlaganligini bo‘yniga olishni talab qilib, yuz qismiga urib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligini og‘zaki ravishda bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Fozilova ariza yozib berishdan bosh tortib, murojaatini Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib qoldirganligini va o‘g‘li F.Toshpo‘latovni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tishi uchun qaror berishni so‘rab, tushuntirish xati yozib bergan.

Ushbu holat yuzasidan voyaga yetmagan F.Toshpo‘latovning tanasida jarohatlar mavjud yoki mavjud emasligiga baho berish uchun 2019 yil 12 noyabrda sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va shu kuni uning og‘zaki murojaati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, G‘ijduvon tumani, “Frishkent” MFY, “Sho‘rcha” qishlog‘ida yashovchi A.Toshpo‘latov Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, voyaga yetmagan, 2004 yilda tug‘ilgan ukasi F.Toshpo‘latovni 2019 yil 12 noyabr kuni G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakillari M.Sharipov va L.Naimovlar urib tan jarohati yetkazganligi haqidagi murojaati 2019 yil 18 noyabr kuni tuman prokuraturasiga kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruvda 2019 yil 6 noyabrda G‘ijduvon tumani “Sho‘rcha” MFY “Sho‘rcha” qishlog‘ida yashovchi D.Raupovaning uyida noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlik jinoyati sodir etilganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha IIO FMB surishtiruvchisining yozma topshirig‘iga asosan 2019 yil 12 noyabr kuni G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakillari M.Sharipov va L.Naimovlar tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi F.Toshpo‘latovni 1-son IIBga olib kelib, pedagog-o‘qituvchi ishtirokisiz suhbat olib borilganligi va IIB binosiga kelgan fuqarolarni kirish-chiqishlarni qayd qilish daftarida ham pedagog-o‘qituvchining ro‘yxatdan o‘tmaganligi hamda voyaga yetmagan F.Toshpo‘latov va o‘qituvchisidan tushuntirish xati olinmaganligi aniqlangan.

Tuman prokuraturasi tomonidan kecha, 2019 yil 26 noyabrda G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakili M.Sharipovga nisbatan intizomiy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun viloyat IIBga yuborilgan.

Shuningdek, M.Sharipov va L.Naimovlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, viloyat IIBga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 9-sinf o‘quvchisini urgan IIB xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi