22:36 / 27.11.2019
7 002

«Gavhar Sharipova ruhan nosog‘lom edi». O‘zbekiston madaniyat vaziri YTHda halok bo‘lgan aktrisa haqida gapirdi

«Gavhar Sharipova ruhan nosog‘lom edi». O‘zbekiston madaniyat vaziri YTHda halok bo‘lgan aktrisa haqida gapirdi
Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka chalinishiga teatr sabab bo‘lmagan. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 27 noyabr kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.

Aktrisa Gavhar Sharipova 19 noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, u yo‘lovchi sifatida o‘tirgan yuk mashinasining haydovchisi yarim yo‘lda unga shilqimlik qilgan, oqibatda aktrisa yurib ketayotgan mashina eshigini ochib, undan tushib ketib qolgan va olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Vazir madaniyat muassasalari, xususan, teatrlarda yaratilgan sharoitlar, xodimlarning ish haqlari miqdorlari bosqichma-bosqich oshirilayotgani haqida to‘xtalayotib, aktrisa Gavhar Sharipova o‘limi atrofida tarqalgan gap-so‘zlarga ham munosabat bildirdi.

«Bugun o‘qib qoldim: ‘Men ham Gavhar Sharipovadek o‘lib ketsam kerak’, ‘U qiynaldi’ va boshqa-boshqa gaplar. Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka tushib qolishiga teatr yoinki atrof-muhit sabab emas. Men buni ochiq aytaman. ‘Anaqa bo‘ldi, unaqa bo‘ldi’, deb yozishibdi... Keyingi vaqtlarda necha marta ‘O‘zbekkonsert’ga ham borgan, bizga ham kelgan, kechirasizlaru — u ruhan nosog‘lom edi», — deya vazir Baxtiyor Sayfullayevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Daryo» nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Gavhar Sharipova ruhan nosog‘lom edi». O‘zbekiston madaniyat vaziri YTHda halok bo‘lgan aktrisa haqida gapirdi