17:00 / 28.11.2019
4 131

Toshkentda hakamlik sudi raisi qoʻlga olindi

Toshkentda hakamlik sudi raisi qoʻlga olindi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Olmazor tumani hakamlik sudi raisi vazifasini bajaruvchi Mavlyuda A. qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar filialidagi manbamiz maʼlum qildi.

Aytilishicha, Mavlyuda A. fuqaro A.X. bilan til biriktirib, “X.Goʻzal” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) foydasiga “K. bino” MCHJdan shirkat 13,6 mln. soʻm pul undirib berish evaziga 3 mln. soʻm talab qilgan. Talab qilgan puldan 750 ming soʻmini xizmat xonasida olayotgan paytda daliliy ashyo bilan ushlangan.

Ayni paytda Mavlyuda A.ga nisbatan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi NODAVLAT organ hisoblanadi. Mazkur huquqiy institut mamlakatimizda 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida faoliyat yuritadi. Tashkil etilganiga oʻn yildan koʻp vaqt boʻlsa-da, mazkur sudlar haqida aksariyat fuqarolarda hatto tasavvur ham yoʻq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda hakamlik sudi raisi qoʻlga olindi