18:08 / 28.11.2019
3 631

Yozuvchi ayolning yostigʻi ostidan topilgan maktub

Yozuvchi ayolning yostigʻi ostidan topilgan maktub
Quvaytlik adiba Nodiya Jorulloh rahimahulloh vafot etdi. U vafotidan oldin quyidagilarni yozib qoldirgan edi:
"Oʻladigan paytimda tashvishlanmayman. Chirib ketadigan jasadim uchun gʻam chekmayman. Musulmonlar kerakli ishlarni qilishadi baribir. Ular quyidagilar:

1. Kiyimlarimni yechishadi.
2. Yuvishadi.
3. Kafanlashadi.
4. Uyimdan chiqarishadi.
5. Meni yangi maskanimga olib borishadi.
6. Janozamni kuzatgani koʻp kishilar keladi. Ular meni dafn qilish uchun ishlarini, vaʼdalarini tark qilib kelishadi. Ularning koʻpchiligi biror kun mening nasihatim haqida fikrlamagan.
7. Buyumlarim qoladi. Kalitlarim, kitoblarim, jomadonlarim, oyoq kiyimlarim va hokazo...

Oilam bir qarorga kelishsa, ularim menga foyda berishi uchun sadaqa qilishadi. Dunyo men uchun xafa boʻlmaganiga ishonishadi. Mensiz ham hayot toʻxtab qolmasligiga, iqtisod davom etishiga, lavozimimni davom ettirish uchun boshqa inson taʼyinlanishiga, mol-dunyom merosxoʻrlarimga taqsimlanishiga ishonishadi. Ammo molimning hisobini men beraman. Koʻpini ham, ozini ham... Arzimasini ham, qadrlisini ham...

Oʻlganimdan soʻng mendan ketadigan avvalgi narsa ismim boʻladi. Meni “mayyit” deyishadi. Ismimni aytishmaydi. Janozamni oʻqiyotganda “tobutni olib keling” deyishadi. Ismimni aytishmaydi. Shuning uchun mening nasabim va shuhratim magʻrurlantirmaydi.

Bu dunyo qanchalar arzimas! Bizni kutib turgan olam qanchalar buyuk!
Bilgin! Sen uchun mahzun boʻladiganlar uch qismdir:

1. Seni yuzaki taniydiganlar. Ular oʻlgan kuning birrovga senga achinib soʻng darhol unutishadi.
2. Doʻstlaring. Ular sal uzoqroq eslashadi. Soʻngra oʻz hayotlariga, hatto kulgulariga qaytishadi.
3. Uydagilar. Ular chuqur qaygʻurishadi. Bir hafta, bir oy, bir yil... soʻngra ular ham seni oʻz xotiralari qaʼriga uloqtirishadi.

Insonlar orasidagi qissang shu bilan tugaydi.
Haqiqiy qissang oxiratda boshlanadi. Sendan goʻzalliging, moling, sihhating, farzandlaring, uy-joying va turmush oʻrtogʻing ajragan. Senga faqat amallaring qolgan. Haqiqiy hayot boshlagansan. Savol tugʻiladi:

Oxiratga, qabrga nima hozirlagansan?
Bu oʻylashga arzigulik haqiqatdir. Shuning uchun farzlarga, nafllarga, yashirin sadaqalarga, solih amalga, tungi namozga haris boʻl! Shoyadki najot topsang...".

Tasavvufda “robitai mavt” tushunchasi bor. Yaʼni oʻlimga bogʻlanish, oʻlimni eslash. Buning foydasi koʻp. Insonni tugʻyonga ketmasligiga, kibr qilmasligiga, uzun orzularga berilmasligiga ana shu “robitai mavt” ning taʼsiri katta.

Dunyoda bir oliygohga oʻqishga kirmoqchi boʻlsak imtihon olishadi. Imtihon oldidan qoʻrquv va hayajonni barchamiz totib koʻrganmiz.

Oʻylab koʻringchi, oxirat diyoriga sogʻ-salomat oʻtib olish uchun imtihon topshirishga tayyormisiz?
Aqidangiz toʻgʻrimi, sogʻlommi? Ahkomlarga toʻgʻri amal qilayapsizmi?
Ruhiy tomondan pokmisiz?

Imtihonda asosan savol shu mavzulardan boʻladi.
Bizni kutib turgan qadarning bari nomaʼlum. Ammo oʻlim bundan istisno...

Eslating, chunki eslatish moʻminga manfaat beradi”.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yozuvchi ayolning yostigʻi ostidan topilgan maktub