23:43 / 28.11.2019
3 901

Haydovchiga aybini topmaguncha qo‘yib yubormasligini aytib, qo‘pol muomala qilgan YPX inspektoriga chora ko‘riladi

Haydovchiga aybini topmaguncha qo‘yib yubormasligini aytib, qo‘pol muomala qilgan YPX inspektoriga chora ko‘riladi
Shu yilning 26 noyabr kuni «Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi» sarlavhasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib chiqilgan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan holatda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi qarori talablarini buzilgan.

«Hozirda unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Yakuniy xulosaga ko‘ra serjant qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchiga aybini topmaguncha qo‘yib yubormasligini aytib, qo‘pol muomala qilgan YPX inspektoriga chora ko‘riladi