08:05 / 30.11.2019
2 712

Mudofaa vazirligi tomonidan chaqiruvga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi tomonidan chaqiruvga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Mudofaa va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Toshkent shahar va viloyati mudofaa ishlari boshqarmalari mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda dastavval so‘z olgan Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ulugbek Kadirov “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyatini ochib berdi.

Mazkur qarorga muvofiq joriy yildan boshlab muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezerviga chaqirish, chaqiruv oldi tayyorgarlik jarayonlari, hamda Qurolli Kuchlar safida shartnoma bo‘yicha xizmatni davom ettirmoqchi bo‘lgan nomzodlarni saralash jarayoniga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar xususida ma’lumot berdi.

Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi mas’ul ofitseri podpolkovnik Qahramon Kamolov, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘smirlar va chaqiruvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi direktori Ibragim O‘rinboyev ham o‘z yo‘nalishlarida mulohaza yuritib, qaror bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida gapirishdi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizdagi barcha yig‘in va chaqiruv punktlarining moddiy-texnik bazasi, u yerda chaqiriluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy komissiyalarning samarali ishlashi va chaqiriluvchilarni tibbiy-ko‘rikdan sifatli va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.

Anjuman davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Gulnora XODJAMURATOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mudofaa vazirligi tomonidan chaqiruvga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi