3 029
Sodiq Safoyev: Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas, uning iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish lozim. U bu haqda Oliy Majlis Senatining ayni paytda davom etayotgan 24-yalpi majlisidagi ma’ruzasida to‘xtaldi.
Sodiq Safoyev xususiylashtirish va monopoliyaga barham berish masalalari korrupsiyaga aloqadorligi, chunki uning birlamchi ildizi iqtisodiy tizimda ekani, o‘ta markazlashgan, iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklanishlar mavjud jamiyatlarda poraxo‘rlikka zamin yaratilishini ta’kidladi.
“Xabaringiz bor, bu davlat xavfsizligiga jiddiy raxna soluvchi jinoyatga qarshi mamlakatimizda tizimli va izchillik bilan kurash olib borilmoqda. Biroq korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samarasini past. Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan ma’lumotiga ko‘ra, shu yil mobaynida turli vazirlik va idoralarning 865 nafar mansabdor shaxs korrupsiya alomatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi. Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas. Uning iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish lozim”, dedi Sodiq Safoyev.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturaga korrupsiyaga kurash sohasidagi vaziyat hamda ko‘riladigan chora-tadbirlarga oid parlament so‘rovini yuborishni taklif qildi.
Avvalroq, Sodiq Safoyev Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborotini muntazam ravishda eshitish amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiqligini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?