18:52 / 02.12.2019
4 408

Fargʻonada 8 nafar inson hayotini yoʻlovchi ayol saqlab qoldi (video)

Fargʻonada 8 nafar inson hayotini yoʻlovchi ayol saqlab qoldi (video)
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida “Damas” rusumli avtomashinasi bilan kira qiladigan haydovchi mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida hushini yoʻqotadi. Bu paytda “Damas”ni ichi toʻla yoʻlovchi boʻlgan.

Avtoulovni yonida oʻtirgan yigit mashinani boshqarishni eplolmasligini aytadi. Shu payt orqada oʻtirgan ayol oldinga oʻtib, rulni ushlab, tormozda qotib turgan hushsiz haydovchining oyogʻini qoʻli bilan olib tashlaydi. Shu tarzda yetti yoʻlovchini hayotini halokatdan saqlab qoladi.

Xaloskor ayoldan nafaqat yoʻlovchilar va ularning oila aʼzolari, balki Fargʻona viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham mamnun. Uning jasoratini munosib taqdirlash maqsadida esdalik sovgʻasi va faxriy yorliq bilan taqdirlashdi.

Ushbu voqea tavsilotlarini ayolning oʻzidan video orqali koʻrishingiz va eshitishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fargʻonada 8 nafar inson hayotini yoʻlovchi ayol saqlab qoldi (video)