07:00 / 03.12.2019
2 767

Avtoulovning “boʻsh” yukxonasiga nima yashirilgan edi?

Avtoulovning “boʻsh” yukxonasiga nima yashirilgan edi?
Tarkibida rangli metallar boʻlgan agregatlarni talon-toroj qilish bilan bogʻliq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketishga urinish holatlari uchrab turibdi.

Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.K. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina toʻxtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy ogʻirligi 1305 kilogramm boʻlgan mis, alyuminiy va magniy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-iyundagi 425-son Qaroriga asosan jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda “Oʻzmetkombinat” va “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtoulovning “boʻsh” yukxonasiga nima yashirilgan edi?