10:05 / 03.12.2019
3 652

Oʻzbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan oʻtdi

Oʻzbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan oʻtdi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Oʻzbek sporti fidoyilaridan biri, mamlakatmiz nogiron-amputantlar jamoasini jahonning eng kuchli termasiga aylantirgan inson Rustam Qoriyev 68 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga tayanib xabar qilmoqda.

Rustam Qoriyev 1951-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha koʻtarilgan.

1988-yilda esa Afgʻonistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron boʻlib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998-yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga oʻzgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati gʻolibi, koʻp bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi aʼzolari tashkil etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritadi.

Rustam Qoriyev mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari uchun “Doʻstlik” ordeni va qator mukofotlar bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan oʻtdi