10:56 / 03.12.2019
2 581

114 mln. soʻmlik qarzdorlik undirildi

114 mln. soʻmlik qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosining Namangan shahar boʻlimi ish yurituvida Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 17-sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan karzdor korxonadan undiruvchi “Rovuston temir beton” jamiyati foydasiga jami 114 mln soʻm undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati boʻlim ish yurituviga joriy yilning 18-sentyabr kuni kelib tushgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23, 86-moddalariga asosan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan hamda taraflarga ijro va maʼlumot uchun yuborilgan.

Shunga koʻra, undiruv qarzdorning hisob raqamlaridagi soʻmdagi pul mablagʻlariga qaratilgan hamda inkasso topshiriqnomasi "Qishloqqurilishbank” Namangan viloyat filialiga yuborilib, hisob raqamlariga band solingan.

Shuningdek ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan amaldagi qonun talablari asosida majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdor yuridik shaxsning mol-mulklarini aniqlash va qaratish boʻyicha qator tegishli tashkilotlarga soʻrovnomalar ham yuborildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida jamiyatning hisob raqamlaridan undirilgan pul mablagʻlari undiruvchi “Rovuston temir beton” maʼsuliyati cheklangan jamiyatning hisob raqamiga 114 mln. soʻmlik qarzdorlik toʻliq undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 114 mln. soʻmlik qarzdorlik undirildi