13:00 / 03.12.2019
3 406

Toshkentda Boʻrijar anhoridan toʻpponcha topildi

Toshkentda Boʻrijar anhoridan toʻpponcha topildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1-dekabr soat 14:50larda 3- va 4-dahalar hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar anhoridan oʻqotar qurol – Makarov toʻpponchasi topildi.

Postda.uzʻning yozishicha, toʻpponcha polietilen paketga qismlarga ajratilgan holda solingan. Shu bilan birga, polietilen paketda 2 dona oʻqdon va 18 dona oʻq ham boʻlgan.
Xabarda taʼkidlanishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Boʻrijar anhoridan toʻpponcha topildi