13:20 / 03.12.2019
3 020

Tojikiston prezidentining oʻgʻli Rustam Emomali Toshkentga keldi

Tojikiston prezidentining oʻgʻli Rustam Emomali Toshkentga keldi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning oʻgʻli, Dushanbe shahri hokimi Rustam Emomali bugun Toshkentga yetib keldi. Bu uning shahar hokimi sifatida birinchi tashqi safaridir. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dushanbe hokimi tashrif davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev bilan ikki poytaxt shahar aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi.

Shuningdek, hokimlar Toshkent va Dushanbe shaharlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarini ham muhokama qilishi koʻzda tutilgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Bundan tashqari, 2020-yilga moʻljallangan hamkorliklarning dasturi ham tasdiqlanadi.
Maʼlumot oʻrnida, Emomali Rustam 2017-yili Emomali Rahmon tomonidan Dushanbe hokimi qilib saylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston prezidentining oʻgʻli Rustam Emomali Toshkentga keldi