14:20 / 03.12.2019
6 024

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bugʻusi topildi

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bugʻusi topildi
Foto: Davlat ekologiya qoʻmitasi axborot xizmati
2019-yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat (Oʻzbekiston va Afgʻoniston) chegarasi hududidan Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bir bosh Buxoro bugʻusi (xongul) Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Ayritom” mahallasi hududiga oʻtib, mahalliy aholi xonadoniga kirib qolgan.

Davlat ekologiya qoʻmitasi axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur hodisaning guvohi boʻlgan mahalliy fuqarolar Sardor Bozorov, Botir Xudoyberdiyev, Behruz Rahmonovlar viloyat IIB YXXBga xabar berishgan. Oʻz navbatida, IIB xodimi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan bogʻlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Qonuniy toʻxtamga kelgunga qadar bir bosh Buxoro bugʻusi Termiz hayvonot bogʻiga vaqtinchalik saqlash uchun topshirilib, hayvonot bogʻining maxsus hayvonlarni saqlash joyiga joylashtirildi va veterinarlar tomonidan nazoratga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bugʻusi topildi