20:50 / 03.12.2019
3 160

Mast fuqaro 79 yoshli qariyani urib, qoʻlidagi uzugini olib qochdi (video)

Mast fuqaro 79 yoshli qariyani urib, qoʻlidagi uzugini olib qochdi (video)
Afsuslar boʻlsinki, muqaddam sudlangan boʻlishiga qaramasdan ayrim talonchilikni kasb qilib olgan kimsalar oʻrgangan nomaqbul qilmishidan oʻzini toʻxtata olmayapti. Bu ishda hatto 80 yoshli qariyalarga jabr yetkazishdan ham hayiqmayapti. Yaqinda xonadonlardan birida yana bir talonchilik bilan bogʻliq yana bir voqea sodir boʻldi.

Qisqasi mast holda doʻkon aylanib yurgan zoʻravon 79 yashar qariyadan non olishga puli yoʻqligini aytib, yordam soʻragan. Otaxon unga rahmi kelib 4 ming soʻm pul bergan. Jinoyatchi esa otaxonning orqasidan poylab uning uyigacha kelgan. U yerda qariyani urib yiqitib, qoʻlidagi 1 million soʻmlik tilla uzugini yechib olib ketgan. Surishtiruv va tezkor qidiruvlar natijasida bu zoʻravon qoʻlga olindi va keksa insonga qoʻl koʻtarib uzukni yechgan qoʻllariga kishan taqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mast fuqaro 79 yoshli qariyani urib, qoʻlidagi uzugini olib qochdi (video)