10:48 / 04.12.2019
3 711

Toshkentda “TOYOTA PRADO”ni olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkentda “TOYOTA PRADO”ni olib qochgan shaxs ushlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Aniqlanishicha, joriy yilning 3-dekabri kuni taxminan soat 13.15 larda Toshkent viloyati Toshkent tumanidan 19 yoshli Sh.T. ochiq holda kaliti oʻzida qoldirib ketilgan “TOYOTA PRADO” avtomashinani olib qochgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruvlar natijasida, avtomashina Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani “Doʻrmon” chorrahasida ushlangan.

Holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan Sh.T. himoyachi ishtirokida soʻroq qilingan. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “TOYOTA PRADO”ni olib qochgan shaxs ushlandi